Andijon Davlat
Universiteti

GEOGRAFIYA KAFEDRASI

 

 
ATAJONOV MURODJON MAXMUDOVICH
Kafedra mudiri, Geografiya fanlari falsafa doktoru (PhD), dotsent
Telefon: +998944352552
E-pochta:  atajonov murodjon80@mail.ru

 

Geografiya universitetning tanyach kafedralaridan biri bo‘lib, kafedrada 60530400 – “Geografiya” va qo‘shma dasturi asosida 1-89 01 01 – “Туризм и гостeприимствo” (Belorus Respublikasining Polotsk universiteti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr,  70530402 – “Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki o‘qituvchu-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. O‘sha davrda O‘qituvchilar instituti mavjud bo‘lib, ikki yil davomida o‘rta maktablarning 5-7-sinflar uchun tabiiyot-geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. Institut tarkibida Tabiiyot-geografiya kafedrasi bo‘lib, kafedrada S.Gubaev, T.Abdyllaev, A.Samatov, G.Sh.Ilyasovlar geografiya fanlaridan saboq berishgan.

Kafedraga dastlab 1996-1999 yillarda b.f.d., prof. Maqsudov, 1999-2003 yillarda dots. S.Ro‘zimatov, 2003-2008 yillarda dots. M.Mamajonov, 2008-2011 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2011-2017 yillarda g.f.n. A.Isayev rahbarlik qilgan. 2017-2022 yillarda dots. R.B.Qodirov, 2022 yildan boshlab esa g.f.n., dots. A.Isayev kafedra mudiri lavozimida ishladi. Bugungi kunda M.Atajonov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda

Kafedrada 2023-2024 o‘quv yilida jami 22 nafar, shundan 15 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda, 7 nafar o‘qituvchi o‘rindosh sifatida ishlamoqda. Ulardan 2 nafari geografiya fanlari doktori, professor (Yu.I.Ahmadaliyev, A.Nizamiyev), 1 nafari fan nomzodi, professor (M.Mamajonov), 2 nafari fan doktori (DSc), dotsent (K.Boymirzayev, A.Isayev), 1 nafari fan nomzodi, dotsent (I.O.Sulaymonov), 2 nafari falsafa doktori (PhD), dotsent M.Atajonov, Z.Temirov), 1 nafari falsafa doktori (PhD) (M.Gopirov), 4 nafar katta o‘qituvchi (M.Habibullayeva, B.Dehqonov, A.Mamajonov, S.Ergashev) va 7 nafari o‘qituvchi (Z.Abduvaliyeva, B.Tojidinov, B.Rabiyev, S.Tillaho‘jayev, N. Yuldashev, I.Maxmudov, Sh. Sotvoldiyeva) lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, 2 nafar tayanch doktorant (M.Payzullayev, A.Toshpo`latov) mavjud.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.

Kafedra a’zolaridan katta o‘qituvchi M.Habibullaeva “Milliy meros va qadriyatlarning geografiya darslarida o`qitilishi (Farg`ona vodiysi misolida)”, katta o‘qituvchi B.Dehqonov “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirishning geografik jihatlari (Andijon viloyati misolida)”, katta o‘qituvchi S.Ergashev “Andijon viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishni takomillashtirish”, o‘qituvchi Z.Abduvaliyeva “Farg‘ona iqtisodiy rayonida sog‘lomlashtirish maskanlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy geografik jihatlari”, tayanch doktorant M.Payzullayev “Shahar aglomeratsiyalari shakllanishi va rivojlanishining geografik jihatlari (Andijon aglomeratsiyasi misolida)” mavzulari (PhD) bo‘yicha izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi. 

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilgan.

Kafedrada respublikada kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchu, diametri 120 sm ulkan globus yaratilgan.

Professor M.Mamajonov tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” (2019), dotsent I.Sulaymonovning “Ekologiya asoslari” (2023) darsliklari, M.Mamajonovning “Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” va “Kurs ishlarini bajarish metodikasi” (2020), A.Isaevning Turizm geografiyasi (2022), I.Sulaymonovning “Jahon xo`jaligi geografiyasi” (2023), “O`rta Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, Z.Temirovning “Geodemografiya (2024), B.Dehqonov tomonidan tayyorlangan “Geografiyada amaliy mashg`ulotlar (2023) o‘quv qo‘llanmalari Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Kafedra qoshida “Meteorologiya” maydonchasi mavjud bo‘lib, unda talabalar ob-havoga oid meteorologik kuzatish ishlarini olib boradilar.

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, respublika oliy ta’lim muassasalari bilan birga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan Rossiya Federatsiyasi Baltika federal universiteti, Belorus davlat universiteti, Belorus Respublikasi Polotsk davlat universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy Pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Jalolobod davlat universiteti bilan hamkorlik olib boradi.

Kafedrada quyidagi guvohnomalar olingan:

  1. M.Mamajonov tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olingan.(№ DGU 06445. REESTR: DGU 2019 0397).

  2. Qodirov R.B. va Dehqonov B.M. tomonidan “Geografiyadan amaliy mashg‘ulotlar” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (№ DGU 06262. REESTR: DGU 2019 1704) olindi.

  3. Inomjonova D., Isaev A. tomonidan Geoatamalar elektron lug‘atidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma № DGU 17464) olindi.

  Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh geograf” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garak 40 dan ortiq faol a’zolariga ega. Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan xorijiy va respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

2022-2023 o`quv yilida 4-bosqich talabasi Turg`unboyeva Dilshoda, 2023-2024 o`quv yilida 4-bosqich talabasi Arabboyev Asliddin O`zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun tashkil etilgan Ulug`bek nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibi bo`ldilar.

Kafedra xorijiy grantlar doirasida qatnashib, 2019 yilda Handong global universiteti bilan hamkorlikda “Population geography and demography” va “Geografiya selskogo xozaystva” fanlari bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlandi.

Geografiya kafedrasi o‘quv-dala amaliyotlarini o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Urganch, Buxoro, Samarqand davlat universitetlari,
Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Doston hamkor tekstil” MChJ, “Tillavultekstil” X/T, “Bunyodkor Zamin” x/k, “Sarbon kelajak omadi”, MChJ, “Nil Granit” MChJ, “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ va “Quvasoysement” AJ lari bilan shartnomalar imzolangan. Shartnomaga muvofiq geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishlab chiqarish o‘quv dala amaliyotlarini mazkur korxonada amalga oshirmoqdalar. Ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqdalar. Shuningdek, korxonalarning nazariy muammolari yechimini topish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.

 

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.