Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETIMIZ IFTIXORLARI
2017-12-13    5259

Sport sog‘lik garovi. Bugungi kunda mamlakatimizda sportni rivojlantirishga va sportchilarimizni xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga aloxida e’xtibor qaratilgani barchamizga ma’lum.

Xech qanday narsa mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi.  Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida “Fakultetimiz iftixorlari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar jismoniy madaniyat fakulteti dekani o‘rinbosari Qudratbek Mamdaliev va Fakultetlararo jismniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi Durdona Qurbonovalar tashabbusi bilan tashkil qilindi. Amaliy seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, bu yil o‘qishga kirgan yosh talabalarni sport turlariga qiziqtish, ularni yuksakroq marralarni zabt etishga undashdir. 

Amaliy seminarda xotin-qizlar sporti yo‘nalishida taxsil oluvchi 103-gurux va 104-gurux talablari ishtirok etishdi. Sport turlaridan yuqori natijalarga erishib kelayotgan fakultet talabalari yurishayotgan yutuqlar, zabt etayotgan natijalar bilan tanishtirildi.

Jismoniy madaniyat fakultetning 56 nafar professor-o‘qituvchilari  jami 452 nafar talabalar talim-tarbiya bermoqdalar. Bugungi kunda talabalarning 88 nafari  O‘zbekiston  chempioni, 22 nafari Osiyo mepionati, 6 nafari Jaxon chepionati, 3 nafari Olimpiada va parolimpida o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lishgan. 

Seminar davomida sportchilar o‘zlari egallagan yutuqlari, natijalari va marraga yetish yo‘lidagi mashaqqatlari xaqida gapirib o‘tdilar. Bunday seminarlarni tashkil qilinishi o‘ylaymizki boshqa talabalar va yoshlarga o‘rnak bo‘ladi va ular xam o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, tanlagan soxasida yuksak marralarni egallashlari uchun turtki beradi.

D.S.Kurbanova
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.