Andijon Davlat
Universiteti
SHAROF RASHIDOVNI SHARAFLAB
2017-11-14    5671
 
“Andijonnoma” va “Андижанская правда” gazetalari taxririyatining tadbirlar zalida, Respublikamizning eng og’ir va murakkab yillarida boshqargan, xalq bilan barcha sinovlarni birgalikda yenggan fidoiy inson, qolaversa adaboyotimizga katta hissa qo’shgan yozuvchi Sharof Rashidovning 100 yilligiga bag'ishlangan fotosuratlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
 
 
Tadbir ishtirokchilari huzurida Andijon davlat universitetining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Halim Karim “Sharof Rashidov - milliy adabiyotimizga katta xissa qo’shgan buyuk ijodkor” mavzusida so’z olib, qiziqarli ma’ruza so’zladi.
 
 
Ushbu anjumanda bir piyola choy ustida Sharof Rashidovning ibratli xislatlarini yodga olib, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist va xonandalar: Tursunboy Parpiyev , To’rabek Qodirovlar tomonidan dilga yaqin she’rlaridan bastalangan kuylarni jonli ijroda kuyladilar.
 
Gulchexra ZOXIDOVA
O'zbekiston yoshlar ittifoqi pedagogika fakulteti matbuot yo'nalishi sardori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.