Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT E’LON! XORIJIY MAMLAKAT FUQAROLARI BO'LGAN YAQINLARINGIZNI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA TAKLIF QILING!
2019-07-12    3480

Assalomu alaykum hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, uzoq xorij va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikalarida yashovchi fuqarolarni Andijon davlat universitetiga qulay shart-sharoitlar asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan qo‘shni Respublikada yashovchi Siz bilgan yaqin do‘stlaringizga va qarindoshlaringizga mazkur yangilikni yetkazishingizni so‘raymiz.

Xorijiy fuqarolar o‘z yashash joylarida turgan holda quyidagi hujjatlarni taqdim etish (elektron shaklda yuborish) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

  • Fuqarolik pasporti;
  • Shahodatnoma.

Chegara hududlarga kelin bo‘lib tushgan xorijiy pasport egalari ham bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Xorijiy abiturientlar uchun SUHBAT asosida kunduzgi yoki sirtqi ta’lim yo‘nalishlari talabasi bo‘lish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://adu.uz/newspage?new=800

Hujjatlar 2019 yil 20 avgustga qadar qabul qilinadi

Bog‘lanish uchun: + 998 90 217 20 76         wolffar7@mail.ru

 

Andijon davlat universiteti ma’muriyati


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.