Andijon Davlat
Universiteti
INGLIZ TILI MASHG'ULOTLARI BOSHLANDI
2017-08-09    4900

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2909-son qarori asosida qabul qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 4-avgustdagi 529-sonli buyrug‘iga muvofiq Andijon davlat universitetida ingliz tili bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Davlatimiz rahbarining qaroridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rganish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish kabi vazifalar belgilangan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash ham ushbu jarayondan ko‘zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Joriy yilning 7-avgustidan boshlangan ingliz tili o‘quv kurslarida viloyatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlaridan Britaniya kengashi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “APTIS” testlari asosida tanlab olingan 50 nafarga yaqin nomzodlar ishtirok etmoqda.
O‘quv kurslari xorijiy tillar fakultetida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarni universitet o‘qituvchilaridan O. Olimov, Sh. Ergashev, B. Xamidov, D. Ahmadalieva, D. Egamnazarova, N. Haydarova, Sh. Qurbanova, Sh. To‘lanbaeva, A. Musaev, M. Madumarov, D. Rustamovlar olib bormoqda.
– Ushbu dasturning hayotga tadbiq etilishi natijasida o‘quv muassasamiz jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va uslubiy materiallarni keng joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, - deydi universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent B. Rasulov. – Asosiysi, ilmiy izlanuvchilarimiz 2017-2018-o‘quv yilida xorijiy hamkor ta’lim va ilmiy muassasalarga malaka oshirish, stajirovka o‘tash, doktorantura va magistraturada o‘qishga yuboriladilar. Ular “Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dunyodagi nufuzli ta’lim maskanlarida o‘qib, o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytadilar.
O‘quv kurslarining sifatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Britaniya kengashidan kitoblar olib kelindi va mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonalar zaruriy org-texnika vositalari bilan jihozlandi.

Elmurod ABDULLAEV
Universitet ilmiy bo'lim xodimi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.