Andijon Davlat
Universiteti
“XONOBOD TAROVATI” YANA O’Z BAG’RIGA CHORLADI
2019-05-07    3736

Go'zal Andijonimizning so'lim go'shalaridan biri bo'lmish Xonobod shahrida kuni kecha "Xonobod tarovati" yoshlar festivali bo'lib o'tdi. Xar yili o'tkazilishi an'anaga aylangan ushbu festivalga viloyatimiz va respublikamizning turli hududlaridan o'ng minglab mehmonlarni chorladi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, milliy an'ana va milliy liboslarimiz, jumladan milliy do'ppimiz targ'ib qilinib, barcha erkaklarimiz milliy do'ppimizni kiygan holatda ishtirok etdilar. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus "Xonobod tarovati" festivalining asosini tashkil etdi.

Mazkur festivalda universitetimiz jamoasi ham necha yildirki faol qatnashib kelmoqda. Bu yil ham ko'plab professor-o'qituvchilar hamda talabalar hamjihatlikda ishtirok etib, kitob mutolaasini targ'ib qilish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ko'rgazmalar tashkil qildi. Universitetimiz tashabbusi bilan arzonlashtirilgan badiiy asarlar savdo yarmarkasi, ARM xodimlari tomonidan yaratilgan badiiy adabiyotlarni elektron variantini qulay va oson yuklab olish imkonini beruvchi QR kod tizimi ishtirokchilarda alohida taassurot uyg'otdi. Bundan tashqari, universitet professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan bog'cha tarbiyalanuvchilari, maktab o'quvchilari va ishtirokchilar uchun badiiy adabiyotlar o'qishlari tashkil etildi.

Ushbu festivalda barcha fakultetlardan professor-o’qituvchilar va talabalar faol qatnashdi. Ayniqsa, tadbirning tashkiliy ishlarida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari go'zal Xonabodning husniga yanada husn qo'shib, turli xil viloyatlardan tashrif buyuruvchi mehmonlarni munosib kutib olish maqsadida mazkur festival o'tkizilishi belgilangan joylarni bezab, o'zlarining ko'ngillarni yoritguvchi rasmlar ko'rgazmalari bilan barchani xushnud etgan bo’lsa, “Andijon yoshlari” jamoasi a’zolari esa badiiy chiqishlari bilan ishtirokchilarga hush kayfiyat bag’ishladilar.

Shu bilan bir qatorda universitetimiz iqtidorli talaba-qizlari tomonidan milliy uslubda yaratilgan liboslar ko'rgazmalari hamda ko’pchilik festival qatnashchilarining milliy do’ppimizni targ’ib qilib, “…g’oz yurarman boshda do’ppim” deb kiyib yurishlari festivalga milliy ruh baxsh etdi.

 

M.Rasulova, M.Omonboyeva, H.Yuldasheva
www.adu.uz muxbirilari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.