Andijon Davlat
Universiteti
“USTOZLAR YODI QALBLARIMIZDA”
2019-05-04    3974

Yillar umrimizga qilarmi shafqat,

Biror ish bormikan aylagali yod.

Qayta tiklash mumkin barchasin faqat,

Qayta tiklanmagay o‘chgan xotirot.

Abdulla Oripov

Andijon davlat universitetining pedagogika fakulteti o‘zining shonli tarixiga ega. Mazkur dargohda ma’rifat va ilm ziyosini yosh avlod qalbiga joylagan, garchi bu kun bu dunyoni tark etgan bo‘lsalar-da, hamisha shogirdlar, hamkasblar qalbidan manguga joy olgan ustozlar talaygina.

Ulardan Boltaboy Vahobjonov, Dehqonboy Mamatisaqov, Abduqahhor Halilov, Abdulhay Arzimatov, Iskandar Adishev. Zohidaxon Esonova, Abdulaxad Jo‘raxonov, Qobiljon Yunusov, Sodiqjon Vahobov, Abdulxamid Tolipov, Nasimjon Abduraxmonov, Muxtorjon Vohidov, Kamoliddin Turg‘unboev, professor To‘ychiboy Hasanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Viktor Ligay, O‘zbekiston xalq rassomi Nizomiddin Holiqov, ijodkor ustozlar Ikromjon Darmonov, Karim Po‘latov, musiqa san’atida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Akbarova Laylo, Xolto‘ra Abbosov, Hurshid Hasanov, Nosirjon Hakimov, Odinaxon Abdubachaeva, Shuxratbek Qodirov, Baxtiyor Sayfiddinov hamda O‘zbekiston xalq artisti, ADU professori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sovrindori, betakror ustoz-san’atkor G‘ulomjon Hojiqulovlarning xar biri o‘z maktabi, o‘z uslubini shogirdlar qalbiga joylab ketgan buyuk ustozlardirlar.

Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Odinaxon Ma’mirova ustoz G‘ulomjon Hojiqulovning kenja avlod shogirdlaridan sanaladi. Bugungi kunda “An’anaviy xonandalik va maqom ijrochiligi”, “Asosiy cholg‘u ijrochiligi” fanlaridan saboq berayotgan O.Ma’mirova ustozlar o‘gitlarini yosh avlod qalbiga singdirib kelmoqda.

9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Odinaxon Ma’mirova rahbarligida ijrochi talaba-yoshlardan tashkil etilgan xotira-sinf konsertida ustoz G‘ulomjon Hojiqulov ijodiga mansub sara mumtoz asarlar yangradi.

Ushbu xotira sinf-konsertiga fakultetning barcha professor-ustozlari, ADU xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi Mirzabahrom Botirov, mehnat faxriysi Ma’mirjon Hamraqulov, Andijon pedagogika kollej o‘qituvchisi “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi X.A.Xadjaev va ustoz G‘.Xojiqulovning oila a’zolari va mehmonlar talablar tashrif buyuridilar. Fakultetning faol va iqtidorli talabalar o’zlarining kuy qo’shiqlari, badiiy chiqishlari bilan ustozlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Konsert yakunida fakultet dekani Ch.Shakirova va ADU xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi Mirzabahrom Botirovlar O.Mamirova hamda tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan bir guruh talabalarni esdalik sovg'alari bilan taqdirladilar va yaxshi tilaklar bildirdilar.

Mehnat faxriysi Ma’mirjon Hamraqulov O.Mamirovaning birinchi ustozlaridan bo‘lib, o‘z shogirdining yutuqlaridan mamnun bo‘lib, talaba-yoshlarni kamida chin ma’nodagi xalq artistlari bo‘lib yetishini tiladi.

 

 

 

 .

Q.Nuriddinov, D.Raimova
Fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o‘rinbosari, Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.