Andijon Davlat
Universiteti
MAHALLA MALIKALARI
2017-06-19    5585
Bugungi kunda ayollar jamiyatning deyarli barchajabhalarida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Lekin ular, eng avvalo ona, opa-singil. Ziyrak, odob-axloq va hayo singari hislatlarni o'z siymosida gavdalantira olgan bunday qizlarga tasanno aytish kerak.
Shu maqsadda Respublika "Mahalla"telekanali bilan hamkorlikda "Mahalla malikalari" teleko'rsatuvi tayyorlandi. Unda Andijon davlat univèrsitetining lobar qizlari qatnashib, o'z mahoratlarini ko'rsatdilar. 5 ta shart bo'yicha murosasiz, qizg'in bellashgan qizlar batcha shartlarda sharq ayollariga xos bo'lgan madaniyat, odob-axloq namunalarini ko'rsatib bera oldilar.
Ayniqsa, sahna ko'rinishi shartida ular ko'tarib chiqqan dolzarb mavzular kishini o'ylantirmay qo'ymaydi. Ushbu shartni bajarish orqali jamiyat hayoti v unda mavjud muammolar yechimiga befarq emasliklarini yana bir bor isbotladilar. Tanlov so'ngida xorijiy tillar fakulteti talabasi Ismoilova Barnoxon g'olib deb topilib, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Qolgan ishtirokchi qizlarimizga turli nominatsiya egalari sifatida faxriy yorliq va kitoblar topshirildi.

Xurshidaxon A'ZAMJONOVA
Universitet "Kamolot" YIH xorijiy tillar fakulteti yetakchisi

Xurshidaxon A'ZAMJONOVA
Universitet "Kamolot" YIH xorijiy tillar fakulteti yetakchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.