Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o'tkazildi
2024-05-08    145

Bugun, 8-may kuni Andijon davlat universitetida ajdodlarimizning fashizm ustidan qozonilgan gʻalabasining 79 yilligi hamda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbir avvalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so’z olib, Xotira va qadrlash kuni haqiqiy anʼanaga aylanib qolgani, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatlarimiz ekanligini  ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek, ikkinchi jahon urushida vatan uchun jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz jasorati madh etilib, ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna koʻrinishlari, ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.