Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz professor-o’qituvchilari nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar
2024-05-04    134

Andijon davlat universitetining bir guruh olimlari Kipr Turk Respublikasida 1-3 may kunlari o’tkazilgan “Transformatsiya: muammolar va istiqbollar” 7-akademik tadqiqotlar – 2024/Bahor kongressida ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiya Turkiyaning “Academic Studies Group” akademik tadqiqotlar guruhi tamonidan tashkil etilgan bo’lib, undan 30 dan ortiq davlatning 100 dan ortiq olimlari qatnashdi.

Konferensiya davomida Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri, professor Nasiba Noraliyeva “Özbekıstan süreklı eğıtım sıstemında çevre eğıtımı ve öğretımının oluşturulması” mavzusida, Fuqarolik jamiyati kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori Manzuraxon Yunusova “Mahalla instituti transformatsiyasining asosiy yoʻnalishlari” mavzusida, filologiya fanlari doktori, professor Shohida Shahobiddinova “Transformation in education: challenges and opportunities” mavzusida, biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Gulbahor Ibrohimova “Ecological effects of allergenic pollen on the environment and human health” mavzularida o’z ilmiy tadqiqot natijalarini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdilar.

Anjumanning yana bir ahamiyatli jihati, unda ushbu an’anaviy xalqaro konferensiyaning 8-kongressini joriy yilning sentyabr oyida Andijon davlat universitetida o’tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.