Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz ustozlari Germaniyaning Iogann Gutenberg nomidagi Mainz universitetida
2024-05-04    129

Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Dilora Nabiyeva hamda Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, dotsent Dilfuza Nurmanovalar xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda stajirovka o'tash maqsadida Germaniyaning Mainz universitetida bo’lib turibdilar.

Ta'lim muassasamiz ustozlari Mainz universitetining Turkologiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Turkiy tillar grammatikasi“ kursi bo’yicha ma’ruza, Prof. D.Nabiyeva  magistrantlar, yosh ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o’qituvchilarga “O’zbek tilshunosligining hozirgi taraqqiyot bosqichi” mavzusida seminar o’tkizdilar.

Tashrif doirasida ikki oliygoh professorlari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi. Unda ikki universitet oʻrtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.