Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-05-02    115

Bugun, 2-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarni ijrosini ta’minlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, Andijon davlat universitetida xodimlar va talaba-yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Fizika, Matematika fakultetlarida oʻquv jarayonining tashkil etilishi va taʼlim sifati, “EDO ijro.uz.” elektron tizimida bajarilmagan va muddatidan kech bajarilgan topshiriqlar. 2024-yilning 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha istiqbolda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.