Andijon Davlat
Universiteti
Qo'shma ta'limda tahsil olayotgan talabalar xorijlik professorlardan sifatli ta'lim olmoqda
2024-04-29    95

Xalqaro hamkorlik doirasida 2023/2024-oʻquv yilida Andijon davlat universiteti va Ege universiteti o'rtasida biologiya mutaxassisligi boʻyicha qo'shma ta'lim dasturiga 26 nafar talaba qabul qilingan.

Bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universitetiga “Qo'shma ta'lim” bo'yicha o'quv jarayonini sifatli tashkil etish, ta'lim jarayonida sifat samaradorligini oshirish maqsadida Ege universitetining Biologiya bo'limi boshlig'i oʻrinbosari professor dr. Esra Ersoy Omeroglu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida xorijlik professorlar Ekologiya va botanika kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilar ishtirokida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishida xalqaro grant loyihasini hamkorlikda tayyorlash boʻyicha kelishib, qo'shma ta'lim dasturi doirasida tahsil olayotgan talabalarga ma'ruza mashg'ulotlarini olib bordi.

Tashrif so'nggida Ege universiteti rektori Nejdat Budakning maxsus sovg'asi rektor Akramjon Yuldashevga tantanali topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.