Andijon Davlat
Universiteti
Rektorga biriktirilgan yoshlar Andijon davlat universitetida
2024-04-29    113

Bugun, 29-aprel kuni Qo’rg’ontepa tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi MFYda istiqomat qilayotgan, universitet rektoriga biriktirilgan yoshlar Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 

Mehmonlarni birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev munosib kutib olib, universitet oshxonasida bir dasturxon ustida birgalikda tushlik qildi.

 

Shundan so'ng, universitetning kichik majlislar zalida rektor Akramjon Yuldashev oʻziga biriktirilgan yoshlar ishtirokida ularning bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha uchrashuv o'tkazdi.

 

Uchrashuvda rektor yoshlarni muammo va takliflarini tinglab, ularni o'zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo'naltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli va tizimli o'tkazish bo'yicha birma-bir suhbatlashib, kerakli tavsiya va ko'rsatmalarni berdi.

 

Tashrif so'nggida mas'ullar tomonidan yoshlar oliygohdagi fakultetlar, o'quv va ma'ruza zallari, laboratoriya xonalari hamda axborot resurs markazlari bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Yoshlarning muammolarini hal etish uchun hamkorlikdagi harakatlar “qizil” toifadagi yoshlar soni kamayishiga xizmat qilmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.