Andijon Davlat
Universiteti
Raqamli ta’lim rivoji qulaylik va imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda
2024-04-29    130

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmonining 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan.

 

Mazkur farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 29-aprel kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini yo'lga qo'yish" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvda so'z olgan vazirlikning mas'ul xodimlari Jasurbek Kaynarbekov, Akbarxo'ja Akramxo'jayev, Akbarxo'ja Anvarxonov hamda prorektor Madaminjon Mahkamovlar tomonidan raqamli texnologiyalar sohasida zamonaviy bilimlar olishni rag‘batlantirish, mehnat bozorida IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini va ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi bo'yicha ma'lumotlar berildi.

 

Tashkil etilgan mana shunday uchrashuvlar kelgusida mamlakatimizda IT bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda soha rivojiga katta hissa qo‘shadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.