Andijon Davlat
Universiteti
"Tasviriy san'at" festivali doirasida universitetimiz talabalari oltin va kumush medallarini qo'lga kiritdi
2024-04-19    129

Respublikamiz miqyosida har yili katta tayyorgarlik bilan o'tkaziladigan an'anaviy "Tasviriy san'at" festivali Andijon viloyatida ham o'zgacha ruhda o'tkazildi.

Unda viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil oluvchi talaba va o'quvchilar qatorida Andijon davlat universiteti Pedagogika va san'atshutshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari ham rassomchilik, kulolchilik, xattotlik va san'atning boshqa yo'nalishlaridagi amaliy-badiiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Bugun, 19-aprel kuni Andijon viloyatining Registon maydonida "Tasviriy san'at" festivalining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda oliygohimiz talabalari o'z mahoratlarini namoyish etib:
Abduqahhorova Gulmira oltin medal,
Nasirdinova Muqaddasoy kumush medaliga loyiq deb topildi.

G'olib bo'lgan iqtidorli talabalarimizni universitet jamoasi nomidan samimiy qutlab, ijodiy faoliyatlariga omad tilaymiz!

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.