Andijon Davlat
Universiteti
O'zbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi bo'lib o'tdi
2024-04-15    126

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida Oʻzbekiston – Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazildi.

 

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi. Anjuman o'z ishini yalpi yig'ilish bilan davom ettirdi. Unda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham ishtirok etdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida forum ikki yo'nalishda sho'balarga bo'linib, universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari boʻyicha tajriba almashildi. Seksiyada universitetimiz rektori o'zining "Andijon davlat universiteti va Tojikiston OTMlari o'rtasidagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

 

Anjuman davomida oliygohlar o'rtasidan 50 dan ziyod bitim, anglashuv memorandumi va yo‘l xaritalari imzolandi, jumladan, Andijon davlat universiteti Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamda Tojik davlat pedagogika universitetlari bilan o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Mazkur hamkorlik kelajakda ikki davlat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ta'limning turli sohalarida yuksak natijalarga erishish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvini yo'lga qo'yishda samarali xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.