Andijon Davlat
Universiteti
Kreditni undirish boʻyicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash toʻxtatiladi
2024-03-01    43

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-914-son, 27.02.2024-y.) ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:
Agar amalga oshirilgan toʻlov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

— asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda;
— joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik;
— neustoyka (jarima, penya);
— kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari.

Shuningdek, kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.

Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million soʻmdan 100 million soʻmgacha oshirildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Batafsil:https://lex.uz/docs/6819125

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.