Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 9-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-04-03    174

Bugun,3-aprel kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 9-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, universitetning 2023-yildagi rejalashtirilgan moliyaviy faoliyatining yakunlari, joriy yilning mart oyi davomida Raqamli ta’lim texnologiyalarni rivojlantirish markazi tomonidan raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.

Shuningdek yig'ilish davomida, malakaviy hamda pedagogik amaliyotlarning tashkil etilishi va sifatini oshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi va istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.