Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni bo'lib o'tdi
2024-03-28    128

Davlatimiz rahbarining aholi o'rtasida sportning ommaviyligini ta'minlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish bo'yicha bergan topshiriqlariga binoan, bugun, 28-mart kuni universitetimizda ustoz pedagog hamda talabalar o’rtasida ochiq osmon ostida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

 

Aksiyada Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida professor-o‘qituvchilar, sportsevar talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

 

Piyoda yurish inson salomatligi uchun eng foydali mashgʻulotlardan biri sanaladi. Buni anglagan har bir inson o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan holda muntazam ravishda sport va sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarib borishi kerak.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.