Andijon Davlat
Universiteti
Germaniyaning Ming Cheng instituti bilan hamkorlik o'rnatildi
2024-03-14    107

Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat universitetiga xalqaro hamkorlik doirasida Germaniyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va rivojlantirish maqsadida Ming Cheng instituti direktori M.Cheng tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor Ming Cheng universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, qo'shma ta'lim dasturlari, akademik almashinuv, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotchilarni Germaniyaning eng ilg'or oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalariga ilmiy stajirovkalarga yuborish bo'yicha muzokara olib bordi.

Uchrashuv so'nggida qo'shma dastur loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv fan va ta'lim sohasida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish, ko'plab loyihalarni amalga oshirishda salmoqli xizmat qiladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.