Andijon Davlat
Universiteti
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari tantanali taqdirlandi
2024-03-15    191

Bugun, 15-mart kuni Andijon davlat universitetining katta faollar zalida "Yoshlik umr bahoridir" shiori ostida 2023-2024-o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

 

Tantanali tadbir avvalida universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev so'z olib, nomdor stipendiya sohibi va sohibalari hamda ularning ota-onalariga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

 

Shundan so'ng, universitetimiz rektori boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor stipendiya sohib, sohibalarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda universitetimizning 16 nafar stipendiat talaba-yoshlari va ularning ota-onalari hamda ilmiy rahbarlari tantanali taqdirlandi.

 

Barchaga unutilmas onlarni hadya etgan bayram tadbirida Pedagogika va san'atshunoslik fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan jozibali kuy va qo‘shiqlar ijro etilganligi kechaga yanada fayz ulashdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.