Andijon Davlat
Universiteti
Akademik va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2024-03-12    155

Bugun, 12-mart kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, akademik Tojibayev Komiljon Sharobitdinovich ishtirokida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda dastlab akademik faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ilmiy tadqiqotlari va chop etilgan ko'plab ilmiy kitoblari haqida ma'lumotlasr berib, o'zining keng ko'lamli tajribasi bilan o'rtoqlashdi va “Oʻzbekiston florasi loyihasi — Oʻrta Osiyoda oʻsimliklar xilma-xilligini oʻrganishdagi tadqiqotlarning yangi bosqichi sifatida” mavzusida ma'ruza so'zladi. 

Shundan so'ng, o‘simliklar dunyosi bioxilma-xilligini saqlab qolishning dolzarb muammolari va botanik tadqiqotlarni olib borishning zamonaviy uslublariga oid yangi ma’lumotlar bilan ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda Ekologiya va botanika kafedrasi qoshidagi “Biosfera” ilmiy to‘garak a’zolarini tanishtirib o'tdi.

Uchrashuv so'nggida seminar hamda uchrashuvda faol ishtirok etgan iqtidorli talaba-yoshlar akademik Komiljon Tojibayev tomonidan sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.