Andijon Davlat
Universiteti
"Botanikaning hozirgi zamon muammolari va innovatsion tadqiqot usullari" mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi
2024-03-12    185

Bugun, 12-mart kuni Andijon davlat universitetida Ekologiya va botanika kafedrasi O‘zR FA Botanika instituti oʻrtasida botanik ilmiy-amaliy tadqiqotlar sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida "Botanikaning hozirgi zamon muammolari va innovatsion tadqiqot usullari" mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojibayev, botanika institutining yosh olimlari, universitetimiz professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminarda kun tartibidagi “Kamyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik turlarini IUCN mezonlari asosida baholash”, “Zamonaviy metodlar yordamida o‘simliklar biogeografiyasi va kelib chiqish markazlarini aniqlash (Eremurus turkumi misolida)”, “Tog‘larning shakllanishi va iqlim o‘zgarishlarning o‘simliklar diversifikatsiyasiga ta’siri (Hedysarum turkumi misolida)”, “Geoaxborot tizimida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalar yaratish” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Seminar davomida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, savol-javoblar o'tkazildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.