Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi
2024-03-06    171

Joriy yilning 5-mart kuni Andijon davlat universitetida O'zFA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bobomurod Ahmedov hamda O'zFA akademigi, fizika fanlari doktori, professori Sirojiddin Zaynobiddinovlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda fidoiy olimlar, akademiklar fizika-astronomiya fanining dolzarb muammolari, sohada olib borilayotgan tadqiqotlar, erishayotgan natijalar borasida suhbat o'tkazdi. Uchrashuv davomida akademik tomonidan mahorat darslari o'tilib, yosh tadqiqotchilar bilan ustoz sifatida o'z tajriba va ko'nikmalari bilan o'rtoqlashdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida akademik Bobomurod Ahmedov tomonidan birinchi va ikkinchi renessans davrida Markaziy osiyolik olimlarning kashfiyotlari, Ulug'bekning astronomiya maktabi, gravitatsion to'lqinlari kabi mavzularda ma'ruza mashg'ulotlari olib borildi.

Uchrashuvdan so'ng, mehmonni professor Rayimjon Aliyev universitetimiz qoshida faoliyat yuritayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.