Andijon Davlat
Universiteti
Rektor talabalar turar joylardagi yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi
2024-03-01    139

Bugun, 1-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev mas'ullar ishtirokida o‘g‘il-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida asosiy hududdagi talabalar turar joylarida bo'ldi.

Universitet rahbari muassasada barcha sharoitlarga ega yotoqxonalarning issiqlik tizimlari, sanitariya, ma'naviy xordiq chiqarish xonalari, oshxona, kir yuvish xonalarini zarur buyumlar bilan taʼminlanganligini ko‘zdan kechirdi.

O'rganish jarayonida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash borasida talabalarning fikr-mulohazalari eshitilib, kerakli takliflar olindi.

Tashrif davomida rektor talabalar turar joyi mas’ullariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.