Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o'quv seminari o'tkazildi
2024-03-01    101

Bugun, 1-mart kuni Andijon davlat universitetida Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yo'lga qo'yish orqali, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy bilimlarini oshirish, sog'lom turmush tarziga jalb etish hamda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va ish bilan bandligini ta'minlash mavzularida o'quv seminar o'tkazildi.

Mazkur seminarda FVB boshlig'i B.Ashurov, Istefodagi podpolkovnik I.Hamraboyevlarning kun tartibidagi Yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish, yoshlarda hayot faoliyati xavfsizligi sohasida bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash mavzusida ma'ruzalari tinglandi.

Uchrashuvdan so'ng boshqarma yong'in qutqaruv otryadi hamda Andijon shahar 1- va 2-yong'in qutqaruv qismlari tomonidan texnikalar namoyishi, yong'in o'chirish asbob uskunalaridan qanday foydalanish kerakligi amaliy ko'rgazmalar orqali tushuntirib o'tildi.

Universitetimiz talabalari targ'ibot tadbiri so'nggida o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.