Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 8-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-02-29    165

Bugun, 29-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 8-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, chora-tadbirlarni belgilash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastlab, fakultetlarda yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlar, shuningdek, "Besh muhim tashabbus" doirasidagi to'garak faoliyatlari va sport musobaqalarining tizimli tashkil etilgani tahlil qilindi.

Yig'ilish davomida talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish, kasbiy ijodiy to'garaklar faoliyatini isloh qilish, ta'lim sifatini yanada rivojlantirish, shuningdek, 2023/2024-o'quv yilining kuzgi semestri bakalavriat hamda magistratura yo'nalishlarida yakuniy nazorat ishlarining adolatli, shaffof va qonuniy o'tkazilishi muhokama etilib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi hamda istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.