Andijon Davlat
Universiteti
ECAMPUZ loyihasi doirasida “Follow-up meetings with the CAMP 1 participants” o'tkazildi
2024-02-27    136

Joriy yilning 26-fevral kuni Andijon davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining ERASMUS+dasturining ECAMPUZ loyihasi doirasida “Follow-up meetings with the CAMP 1 participants” o‘tkazish uchun Kopengagen universiteti (Daniya) professorlari tashrif buyurdi.

Dastlab xorijlik mehmonlar Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashdi.

Shundan so'ng, universitetning kichik majlislar zalida xorijlik professorlar, viloyatda joylashgan oziq-ovqat sanoati vakillari, CAMP 1 va CAMP 2 ishtirokchilari, “Oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Kopengagen universiteti professorlari Soren Balling Engelsen va Tomasz Pawel Czajalar tomonidan so‘nggi yillarda oziq-ovqat yo‘nalishida bo‘layotgan o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar to‘g‘risidagi ma’ruzalari hamda CAMP 1 natijalari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Shuningdek, uchrashuvda oliygohdan CAMP1 dasturida ishtirok etgan 5 nafar talabaning hisobotlari ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. Tayyorlangan hisobotlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tashrif so'nggida mehmonlar Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyida bo'lib, unda yurtimiz ozodligi yo'lida fido bo'lgan buyuk shaxslar va tariximizni aks ettiruvchi turli eksponatlar bilan tanishtirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.