Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "Rossiya va Markaziy Osiyo: o'tmish merosi va kelajak imkoniyatlari" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO'LIB O'TDI
2024-02-21    213

Andijon davlat universitetida Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda "Rossiya va Markaziy Osiyo: o'tmish merosi va kelajak imkoniyatlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilmoqda.

Bugun, 21-fevral kuni universitetning kichik majlislar zalida xalqaro anjumanning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda. Anjumanning 2-sessiyasi "O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublikalari: sovet davri yutuqlari va ziddiyatlari" mavzusiga bag'ishlandi.

Anjuman davomida xalqaro nufuzli oliygohlardan tashrif buyurgan tadqiqotchi olim va professorlar, jumladan, R.Jarqinboyeva, D.Amanjolova, V.Dervenev, A.Dankov, A.Serbina, shuningdek, R.Shamsutdinov, B.Alimjonov, I.Qoraboyev va boshqalar o'z ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.

Eslatib o'tamiz, hamkorlikda o'tkazilayotgan mazkur ilmiy-amaliy anjumanda dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan bir qator tadqiqotchi olim va professorlar bevosita hamda online tarzda ishtirok etmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.