Andijon Davlat
Universiteti
Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida universitetimizda sayyor sud o'tkazildi
2024-02-07    189

Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat universitetida Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudi sudyasi N.Sharipova hamda Jinoyat ishlari bo'yicha Asaka tuman sudi sudyasi A.Begmatov boshchiligida ochiq sud bo'lib o'tdi.

Sayyor sud avvalida N.Sharipova tomonidan yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish va turli huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik maqsadida tushuntirish ishlarini tizimli olib borish borasidagi chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.

Shundan so'ng, Jinoyat ishlari bo'yicha Asaka tuman sudi sudyasi A.Begmatov raisligida yo'l transport hodisasi sodir etgan fuqaroga oid jinoyat ishi ko'rib chiqildi hamda jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida sud hukmi o'qildi.

Sayyor sud talaba-yoshlar uchun jarayonni bevosita kuzatishlariga imkon yaratib, yuqorida ko'rilgan jinoyatlarning oqibatlari va mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan qonunda beriladigan jazo choralaridan o'zlari uchun tegishli xulosa olishiga xizmat qildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.