Andijon Davlat
Universiteti
Hamkorlik memorandumi doirasidagi istiqbolli uchrashuv
2024-02-02    151

Joriy yilning 30-yanvar kuni Andijon davlat universitetiga ikki tomonlama hamkorlik doirasida Kanadaning "Pinnacle Taching Solutions" kompaniyasining direktori Deyv Lindsi tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida kompaniya rahbari universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, ta'lim muassasamizga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq, professor-oʻqituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish va amaliyotlar tashkil etish bo'yicha muzokara o’tkazdi.

Shu bilan bir qatorda, universitetning kichik majlislar zalida Deyv Lindsi boshchiligida chet-tillar kafedralari professor-o’qituvchilari bilan o’zaro fikr almashish maqsadida ochiq dars mashg’ulotlari tashkil etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.