Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida Kengashning 7-sonli yig'ilishi o'tkazildi
2024-02-01    165

Bugun, 1-fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida 2023/2024-o'quv yilidagi 7-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, chora-tadbirlarni belgilash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastlab, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabarni universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksiga rioya etishi, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo'yicha hisoboti tinglandi.

Yig'ilish davomida magistratura mutaxassisligi, sirtqi hamda masofaviy ta'lim shaklida o'quv jarayonining olib borilishi va ta'lim sifatini yanada isloh etish, kafedralarda tashkil etilgan ilmiy to'garaklar hamda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyati, o'quv jarayonlari muhokama etilib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi va istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.