Andijon Davlat
Universiteti
Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida bo'lib turibdi
2024-01-31    141

Bugun, 31-yanvar kuni Andijon davlat universitetida respublika ishchi guruhi a'zosi R.Xudoyberganov viloyatimizdagi davlat oliy ta'lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha hamda O'quv ishlari bo'yicha prorektorlari ishtirokida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va o'quvchilar ehtiyojidan kelib chiqib OTMlarda yangi yo'nalishlarni ochish orqali yoshlarni oliygohda qamrab olish darajasini oshirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning ta'lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr va takliflar tinglanib, yaqin istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.