Andijon Davlat
Universiteti
Yoshlar ishlari agentligi iqtidorli jamoasi tomonidan "Mutolaa" loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi
2024-01-31    223

Bugun, 31-yanvar kuni Andijon davlat universitetida davlatimiz rahbarining "Yoshlar uchun ming kitob loyihasini amalga oshirish to'g'risida"gi qarori asosida Yoshlar ishlar agentligi tomonidan kitoblarni audiolashtirish va qisqa metrajli filmlar yaratish, shuningdek, mingdan ortiq ilmiy-ommabop asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish kabi loyihalar orqali kitobxonlikni ommalashtirish bo'yicha "Mutolaa" loyihasi doirasida ilova taqdimoti o'tkazildi.

Dastlab, ishtirokchilar e'tiboriga yosh is'tedod sohibi Javlon Jovliyev tomonidan yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o'ziga xos yangi ohang bilan yozilgan "Qo'rqma" asari qahramonlarining taqdiri va hayot yo'li aks etgan qisqa metrajli kinofilm havola etildi. Shuningdek, "Mutolaa" loyihasi asoschisi Sirojiddin Olimov tomonidan ushbu ilova imkoniyatlari va loyihadan ko'zlangan maqsad haqida ma'lumot berildi.

O'zbekiston Yoshlar ishlar agentligi tomonidan namoyish etilgan mazkur qisqametrajli film o'quvchilar ko'nglidan joy olib, namoyish so'nggida o'z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.