Andijon Davlat
Universiteti
YEVROPA ITTIFOQINING ERASMUS+ DASTURI DOIRASIDAGI YANA BIR ISTIQBOLLI LOYIHA “DEBSEUz” GA START BERILDI
2024-01-25    122

Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari Andijon davlat universitetining ikki nafar professor o’qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan istiqbolli xalqaro “DEBSEUz” loyihasining ochilish marosimida qatnashib qaytdi. Mazkur loyiha 2023-2026 yillar davomida Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish va joriy etishga bag’ishlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizdan yetti OTMlar (TATU, TTPU, TIAMMI, ADU, FarPI, JizPI, KDU) va Evropa hamjamiyatidan uchta yetakchi OTMlar POLITO (Italiya), UEVORA (Portugaliya), UPM (Ispaniya) loyiha ustida ish boshladilar. Tadbir davomida qatnashchilar loyiha doirasida oldinga qo’yilgan maqsadlar va ularga erishish bo’yicha quyidagi qator dolzarb masalalarni taxlil qildilar:

–Bakalavr bosqichi uchun quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha ilg’or dasturlarni ishlab chiqish.

– Yaratilgan dasturlar asosida bilim va ko’nikmalarni egallash uchun innovatsion laboratoriyalarni yaratish;

- Loyiha davomiyligi va barqarorligini ta'minlash rejalari;

- Loyihaning sifat nazorati va uning monitoringini yuritish;

– Loyihaning dolzarbligi, loyiha davomida erishiladigan natijalar va loyiha imijini jamoatchilik orasida keng yoyish;

  • Moliyaviy boshqaruv masalalari.

Mazkur loyihaning bajarilishida ADU jamoasining katta va mas’uliyatli vazifalari bor. Jumladan Innovatsion laboratoriyalarni tashkil etish borasidagi ADUning tajribasi yig’ilish ishtirokchilari tomonidan munosib e’tirof etildi. Bu borada o’z tajribalari bilan o’rtoqlashish va yangi laboratoriya tashkil etilishi uchun aniq takliflari bilan ADU professori R. U. Aliyev o'z taqdimotini yig'ilish ishtirokchilariga havola qildi. Bu masalaga Evropa ittifoqi nomidan POLITO (Italiya) professori Pierluigi Leone qo’shimcha ma’ruza qildi.

Shuningdek, talabalar uchun 12 ta yangi fandan o’quv sillabuslari, laboratoriya va o’quv qo’llanmalarini ishab chiqish bo’yicha muhokamalar o’tkazilib, ularda UPM professori (Ispaniya) Bojanic Slobadan, TATU professorlari Halimjon Khujamatov, Erkin Imamov va boshqalar faol ishtirok etdilar. Yig’ilish yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Bunday loyihaning vatanimiz OTMlari uchun katta ahamiyatli tomoni shundan iboratki 2024-2026 yillar davomida 70dan ziyod professor o’qituvchilar Evropadagi hamkor universitetlarda malaka oshirish kurslarida ishtirok etadilar. Yuqorida ko’rsatilgan 7 ta OTMlar negizida bakalavriat talabalari uchun zamonaviy jihozlarga ega bo’lgan yangi laboratoriyalar tashkil etiladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishlarida ADU jamoasiga omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.