Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda ta'lim sifatini yanada isloh qilishga qaratilgan yig'ilish o'tkazildi
2024-01-27    164

Bugun, 27-yanvar kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida, fakultet hamda kafedralarda ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, dars jarayonlarini samarali tashkil etish, oʻquv-uslubiy taʼminotni takomillashtirish, pedagog xodimlar salohiyatini yanada oshirish xususida fikr yuritildi.

Shuningdek, prorektor ta'lim yo'nalishlarini isloh qilish, yangi dastur va o'quv rejalarini kasbiy kompetentsiya talablariga muvofiqlashtirgan holda amalga oshirish va o'quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berdi hamda oliygohda ta'lim sifatini yuqori darajaga ko'tarish bo'yicha istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.