Andijon Davlat
Universiteti
Strategik sheriklarning yangi bosqichi
2024-01-26    168

23-25-yanvar kunlari mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalq respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Tashrif natijalari, bu ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy hamkorlikni oliy darajada davom ettirish hamda o‘zbek va xitoy aloqalarini iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy va texnologik hamkorliklar doirasida yanada mustahkalashga xizmat qiladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xitoy O‘zbekistonning "Bir makon — bir yo‘l" loyihasi doirasidagi strategik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Xitoy O‘zbekiston uchun qanchalik strategik ahamiyatga ega bo‘lsa, Xitoy uchun ham O‘zbekiston shunchalik muhim. Hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, savdo, ijtimoiy xavfsizlik kabi bir qator sohaga oid shartnomalar imzolandi. O‘zbekistonga Xitoyda qiziqish ortib bormoqda, buning asosiy sabablaridan biri davlatimizning geografik-strategik qulay joylashganidir. Xalqaro bozorga kirib borish yo‘lida Xitoyning O‘zbekistonga qaratayotgan e’tiboridan foydalanish har ikki taraf uchun ham manfaatli hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida:
– atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
– texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida xitoy tilini o‘qitish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga no‘xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risida bayonnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi o‘rtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temir yo‘l ekspresslari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq masalalari vazirligi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida hamkorlik bayonnomasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Standartlashtirish ma’muriyati o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv;
– O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024-2026-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
– Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
– Samarqand va Sindao shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim va boshqa shu kabi hamkorlik memorandumlarning imzonalishi shular jumlasidandir.

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.