Andijon Davlat
Universiteti
Prokuratura xodimlari ishtirokida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi
2024-01-25    213

Bugun, 25-yanvar kuni Andijon davlat universitetida "Axborot xavfsizligi" oyligi doirasida Viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Mansurbek Xoldarov boshchiligida Tarix hamda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetlarining sirtqi ta'limida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor X.Xodjamberdiyev ochib berdi. Shundan so'ng, Viloyat prokuratura xodimi ta'lim sohasidagi tub islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, "O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.