Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektori talabalar turar joylari mas'ullari bilan tanqidiy uchrashuv o'tkazdi
2024-01-23    164

Bugun, 23-yanvar kuni Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida talabalar turar joylari mas'ul xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida universitet rektori tomonidan talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar va o'rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar; oshxona, yotoqxona, yuvinish xonasi, kutubxona, ma'naviyat xonalari va axborot texnologiya jihozlari: televizor, komyuter jihozlarining texnik sozligini ta'minlash yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi.

Uchrashuv so'nggida mutasaddilar tomonidan yuqorida keltirilgan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.