Andijon Davlat
Universiteti
Xalqaro miqyosda faoliyat yuritayotgan andijonlik professor universitetimizga tashrif buyurdi
2024-01-18    279

Maʼlumki, Tarix fakulteti dekani Ravshan Shamsitdinov dunyoning rivojlangan davlatlarining nufuzli universitetlari (AQSHning Indiana, Pittsburg, Karnegi Mellon, Arizona, Shimoliy Jordjiya Buyuk Britaniyaning Oksford, Liverpul, Kembridj, Amerika Oʻrta Osiyo hamda Rossiyaning Tomsk davlat universitetlari) ularning yetuk professorlari bilan olib borayotgan ilmiy, akademik hamkorligi universitetimiz reytingiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti dekani taklifiga binoan Belgiyaning Bryugge shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar qiyosiy regionalizm tadqiqotlar institutiti professori, huquqshunos olim Iqboljon Qoraboyev tashrif buyurdi.

Shuningdek, professor I.Qoraboyev  universitet tuzilmasidagi  “Qatogʻon qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lib, muzeydagi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi hamda tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsutdinov bilan uchrashib, kelgusida ilmiy, akademik sohalarda faol hamkorlik olib borish boʻyicha kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida, andijonlik professor Iqboljon Isoqovich Qoraboyev:
1997-2001-yillari Toshkent Jaxon Iqtisodiyoti va Diplomatiyasi universitetida bakalavriat;
2002-2004-yillari Fransiyaning Montpelliyer universitetida Xalqaro huquq, Yevropa huquqi yo'nalishlarida magistratura bosqichini tamomlagan.
2009-2010-yillari Belgiyaning Birlashgan Millatlar universiteti qiyosiy regionalizm tadqiqotlar institutida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.
2012-2016-yillari Tuluza universitetida, hozirda BMU qiyosiy regionalizm tadqiqotlar institutida professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Andijon farzandining erishgan va olib borayotgan ilmiy, pedagogik faoliyati milliy faxr, gʻurur timsoli sifatida universitetimiz talabalari, magistrlari, doktorantlari hamda professor-oʻqituvchilariga ibrat maktabini oʻtaydi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.