Andijon Davlat
Universiteti
2024-YILGI QOʻSHIMCHA DAM OLISH KUNLARI BELGILANDI
2023-12-29    443

Prezidentning 22.12.2023-yil kuni PF-213-son tegishli Farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:

Ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun:

22-mart – juma;
11-aprel – payshanba;
18-iyun – seshanba;
3-sentyabr – seshanba;
31-dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2-yanvar – seshanba;
23-mart – shanba;
12-aprel – juma;
31-avgust – shanba;
30-dekabr – dushanba.

2024-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun koʻchirilgan dam olish kunlari quyidagicha:

6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.

Demak, ushbu farmon hamda 2023-yilgi dam olish kunlarini belgilashga doir oʻtgan yilgi Prezident farmoniga asosan, barcha hodimlar yangi yil arafasida ketma-ket 4 kun dam olishadi:

30-dekabr — shanba;
31-dekabr — yakshanba;
1-yanvar — dushanba;
2-yanvar — seshanba.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.