Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektorining fakultetlar bilan tahliliy uchrashuvlari davom etmoqda
2024-01-08    150

Ma’lumki, universitet rektori fakultetlarda 2023-o'quv yilida ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlar tizimida amalga oshirilgan hamda 2024-yildagi amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar borasida tahliliy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun, 8-yanvar kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari jamoasi bilan uchrashuv o'tkazildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi va rektor, prorektorlar tomonidan tahlil qilinib, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, yangi 2024-yilda universitet reytingi va ta'lim sifatini yanada isloh etish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.