Andijon Davlat
Universiteti
Davlat bayrogʻidan foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar kengaytirildi
2023-07-15    645

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun (OʻRQ–853-son, 07.07.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan davlat bayrogʻidan foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar kengaytirildi, jumladan:

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
xalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, Qonun bilan bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi, xususan:
bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;
biror-bir narsa uchun ustki yopingʻich sifatida foydalanish;
stollarga, oʻrindiqlarga, stullarga toʻshash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, oʻtiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga toʻshash yoki tasvirlash;
kiyim-kechak, dastroʻmol yoki koʻrpa-toʻshak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastroʻmol, koʻrpa-toʻshak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (oʻrovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun moʻljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;
bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.

Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan belgilangan talablarga muvofiq foydalanish uchun masʼuliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/6525341

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.