Andijon Davlat
Universiteti
Rektor huzurida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
2023-12-05    642

Bugun, 5-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida dekan, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar bilan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o'tkazilgan mazkur yig'ilishda yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlarning faoliyati davomida amalga oshirayotgan ishlari atroflicha muhokama qilindi. Bunda talabalar istiqomat qilayotgan talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bilan muntazam tanishib borish, yashash sharoitlarini o'rganish alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, yig'ilish davomida universitetimiz rektori kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida ijara xonadonlarini o'rganish, qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi.

Uchrashuv so'nggida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, taqdimot ma'ruzalari, seminar va uchrashuvlarni tizimli ravishda olib borish, teatr-studiyalar va muzeylarga tashriflarni tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.