Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi
2023-12-04    613

Bugun, 4-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida "Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi" "Konstitutsiya haftaligi" doirasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-moyihatiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Unda Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov boshchiligida Milliy g'oya ma'naviyat asoslari huquq ta'limi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyaning yangi tahriri va unga kiritilgan o'zgartirishlar xronologiyasi va uning tahlili to'g'risida suhbat olib borildi.

Mazkur seminarda fakultet talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya haqida o'z fikr va bilimlarini namoyon etdilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.