Andijon Davlat
Universiteti
Universitet kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi 5-sonli yig'ilishi o'tkazildi
2023-12-01    584

Bugun, 1-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet Kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi 5-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari o'qib eshittirildi va uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarni belgilash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastlab jamoatchilik tashkilotlari va kengashlarining yillik hisoboti tinglandi. Shundan so'ng, jismoniy madaniyat fakultetida oʻquv jarayonining tashkil etilishi va taʼlim sifati, Ilmiy tadqiqot ishlari: doktoranturaga qabul masalalari va tadqiqotchilarning ilmiy mavzulari va ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi)larini tasdiqlash kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha istiqbolda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.