Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha universitet Kengashiga TAKLIFLAR
2022-11-07    1322

 

Universitetda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, universitet kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasi yashash hududida “Temir daftari” ro‘yxatiga kiritilgan kabi) talabalar bilan ishlash bo‘yicha quyidagi tarkibda ishchi guruhi shakllantirilsin.

  1. S.Yuldashev-universitet rektori, ishchi guruh raisi
  2. Hamraqulov-yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Ishchi guruh raisi o‘rinbosari
  3. Mullajonov-o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, a’zo
  4. Sobirov-moliya va iqtisod ishlar bo‘yicha prorektor, a’zo
  5. Karimjonov-ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, a’zo
  6. Mahmudov-bosh hisobchi, a’zo
  7. Soliyev-reja-moliya bo‘limi boshlig‘i, a’zo
  8. Botirov-XTKUQ raisi, a’zo
  9. Mo‘ydinov-yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi
  10. Ahmedova-universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, a’zo
  11. Jumaqulov–jismoniy madaniyat fakulteti dekani, a’zo
  12. Rahmonov–filologiya fakulteti dekani, a’zo
  13. To‘raev–pedagogika fakulteti dekani, a’zo
  14. Shokirova–san’atshunoslik fakulteti dekani, a’zo
  15. Madumarov–ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani, a’zo
  16. Mansurov–fizika–matematika fakulteti dekani, a’zo
  17. Shamsutdinov–tarix fakulteti dekani, a’zo
  18. To‘xtaboev–tabiiy fanlar fakulteti dekani, a’zo
  19. Medatov-axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani, a’zo
  20. Olimjonov - yoshlar ittifoqining universitet b.t. yetakchisi, a’zo

 

Ushbu ishchi guruh zimmasiga talabalardan kelib tushgan har bir ariza va murojaatlarni ko‘rib chiqib, quyidagi keltirilgan toifalarga to‘g‘ri keladigan  talabalarni br martalik rag’batlantirsh uchun tavsiya etilsin.

Universitetda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega;

  1. Xalqaro fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabaga:
  2. Respublika fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabaga;
  3. Xalqaro miqyosdagi sport musobaqasida g‘oliblikka erishgan talabaga;
  4. Respublika miqyosidagi sport musobaqasida g‘oliblikka erishgan talabaga;
  5. Alohida qobiliyat va iqtidorga egaligi, jamoat ishlarida faolligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasi yashash hududida “Temir daftari” ro‘yxatiga kiritilgan) talabaga;
  6. Respublika va universitet tanlovlari doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabaga;
  7. Davlat mukofoti olgan talabaga;
  8. Start-ap loyiha tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabaga (rahbariga);
  9. Universitetning tartib-qoidalariga amal qilib, jamoat ishlarida faol qatnashgan talabaga;
  10. “Zakovat”, “QVZ”, “Teatr studiyasi” va boshqa intellektual o‘yinlar, respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari bo‘lgan talabaga.

Ushbu me’zonlardan kelib chiqib ishchi guruh xulosasiga asosan  

QAROR QILADI

  1. Xalqaro fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining o‘n baravarigacha;
  2. Respublika fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining sakkiz baravarigacha;
  3. Xalqaro miqyosdagi sport musobaqasida g‘oliblikka erishgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining o‘n baravarigacha;
  4. Respublika miqyosidagi sport musobaqasida g‘oliblikka erishgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining sakkiz baravarigacha;
  5. Alohida qobiliyat va iqtidorga egaligi, jamoat ishlarida faolligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasi yashash hududida “Temir daftari” ro‘yxatiga kiritilgan) talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining besh baravarigacha;
  6. Respublika va universitet tanlovlari doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining uch baravarigacha;
  7. Davlat mukofoti olgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining o‘n baravarigacha;
  8. Start-ap loyiha tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga (rahbariga) bazaviy stipendiya miqdorining o‘n baravarigacha;
  9. Universitetning tartib qoidalariga amal qilib, jamoat ishlarida faol qatnashgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining to‘rt baravarigacha;
  10. “Zakovat”, “QVZ”, “Teatr studiyasi” va boshqa intellektual o‘yinlar, respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari bo‘lgan talabalarga bazaviy stipendiya miqdorining uch baravarigacha moddiy rag’batlantirsh tavsiyasi berilsin hamda ishchi guruh xulosasiga asosan universitet rektorining buyrug‘i ishlab chiqilsin.

                                       

A.Sh.Hamraqulov
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.