Andijon Davlat
Universiteti
2021-yil ADUda oʻtkazilgan tadbirlar
2022-11-07    1697

 

image

Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida “Digital city” (IT-park) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Digital science” inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilishi bo’lib o’tdi. 

image image  

Ayni daqiqalarda Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan 14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Universal" QVZ jamoasining bayramona konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda. 

image image  

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari 14-yanvar vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 29 yilligi munosabati bilan universitet hodimlarini tabrikladi.

image

GERMANIYADA AMALIYOT VA YOZGI TA’TILNI O'TKAZISH IMKONIYATLARI MAVZUSIDA VIDEO KONFERENSIYA O'TKAZILDI.

 

image
 
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN „REKTOR KUBOGI“ UCHUN VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

 

image image 

Tabiiy fanlar fakultetining barcha muddatli harbiy hizmatni o'tab, imtiyoz asosida o'qishga qabul qilingan talabalariga Yoshlar ittifoqining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. 

image image

O‘zbekiston milliy universiteti prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Kamoliddin Mansurovich Andijon davlat universiteti tarix fakulteti 201-guruh talabalari uchun hozirgi paytda dolzarb bo‘lganijtimoiysiyosiyjarayonlar tarixi, geosiyosiyvoqeliklar mavzusida seminar trening dars mashg‘ulotini o‘tkazdi. 

image

Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan 2-son TTJda yashovchi talaba-qizlar o’rtasida “Orasta qizlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. 

image

Joriy yilning 3-mart kuni Tabiiy fanlar fakulteti YoBIBDO‘, guruh murabbiylari hamda bugun 4- mart kuni Maktabgacha ta’lim fakulteti YoBIBDO‘, fakultet guruh murabbiylar kengashi raisi va guruh murabbiylari ijara asosida turuvchi talabalarni yashash sharoiti, ularning turmush tarzi hamda yaratilgan sharoit bilan tanishish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida talabalarning ijara xonadonlariga bordilar. 

image 

Maktabgacha ta’lim fakultetining “Mohir qo’llar" to’garagi rahbari Dildora Abdullajonova 3-son TTJda qizlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Biz go’zallik tarafdorimiz!" shiori ostida aksiya o’tkazdi. Aksiyada har bir qavat talaba qizlari faol qatnashdilar.

image 

Chet tillar fakulteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasi tomonidan 205- va 206-guruh talaba qizlari o’rtasida "Sog‘lom turmush - farovon hayot" shiori ostida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Unda 206-guruh talabalarining qo‘li baland keldi. Musobaqada faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. 

image 

Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan chet tillari fakulteti talaba qizlar oʻrtasida dekan kubogi uchun sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

 

image

PEDAGOGIKA FAKULTETI TALABALARI TOMONIDAN CHIZILGAN RASMLAR KO'RGAZMASI O'TKAZILDI

image image

PEDAGOGIKA FAKULTETIDA “QIZLAR ODOBI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnozaxon Teshaboyevaning tashabbusi bilan fakultetda tahsil olayotgan boshlang‘ich ta’lim va texnologik ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talaba-qizlari o‘rtasida "Qizlar odobi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

image image 

Andijon davlat universiteti Tarix fakultetining 1-kurs talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinini o’tkazildi.

 

image image

YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHRILMOQDA

Joriy yilning 11-mart kuni Andijon davlat universitetidagi kichik majlislar zalida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida ma’lumot berish maqsadida “Sud va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

 

image
 
FILOLOGIYA FAKULTETIDA "QIZLAR OVOZI" KOORDINATORI TAYINLANDI 

Bugun 12-mart kuni Respublika "Qizlar ovozi" klubining navbatdagi sayyor yig'ilishi Andijon davlat universitetida bo'lib o'tdi. Ushbu forumga Filologiya fakultetining lider qizlari mezbonlik qildi.

 

image

 

image  
UNIVERSITETIMIZDA PREZIDENTNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘QUV SEMINARLARI TASHKIL ETILDI

 

image

HASHAR - ELGA YARASHAR: ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA UMUMXALQ HASHARI O'TKAZILDI

Bugun, 13-mart kuni butun mamlakatimizda “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, hamda uni munosib kutib olish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

 

image image

UNIVERSITETIMIZNING FUTBOLCHI QIZLARI “ANDIJON BAHORI” MUSOBAQASI G’OLIBI BO’LDI

Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Andijon viloyatidagi Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tizimidagi talaba va o’quvchi qizlar o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha “Andijon bahori” musobaqasi o’tkazildi.

 

image image

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 1-bosqich Matematika ME yònalishi talabalariòrtasida Sportning shashka turi bo'yicha musobaqa tashkil qilindi.

 

image
 
AYOLLARGA EHTIROM KO’RSATILDI 

Joriy yilning 5-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun tantanali marosim tashkil etildi.

 

image image  
UNIVERSITETDA NAZM VA NAVO KECHASI O'TKAZILDI.

Shu kunlarda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi butun respublikamiz bo’ylab ko’tarinki ruhda nishonlanmoqda.

 

image image 

1-5 февраль кунлари Сурхандарё вилоятида кураш (эркаклар ва аёллар) ўртасида спорт тури мусобақаларинг Республика финал босқичига Андижон давлат университетининг спортчи талабалари, ушбу мусобақада иштирок этиш мақсадида йўлга чиқдилар.

 

image image 

Joriy yilning 5-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev va yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Azamjon Hamraqulov Andijon davlat universitetiga qarashli 4- va 5-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda yashayotgan universitet talabalarning hayoti va ular uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

image
 
1- VA 3-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA "ORASTA QIZLAR" TANLOVI O'TKAZILDI 

Avval xabar berganimizdek, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Andijon davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar o’rtasida “Orasta qizlar” ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.

 

image 

Maktabgacha ta’lim fakultetida 6-mart kuni “Ayol – olam guli” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbir davomida ayollarimizni madx etuvchi kuy-qo‘shiqlar turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Qolaversa ayol professor o‘qituvchilar va talaba qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Faol ishtirok etgan talabalar universitet kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda fakultet dekaning tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

 

image 

Joriy yilning 6-mart kuni chet tillar fakultetda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 1-kurs talabalari o’rtasida “Fakultet malikasi-2021” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Turli shartlar asosida ishtirokchi qizlar sinovdan o’tdilar. Yakunda 111-guruh talabasi Tohirjonova Saodatxon “Fakultet malikasi” deb topildi.

 

image image 

Joriy yilnining 6-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy dahosiga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

image 

image 

14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan universitet professor o’qituvchilari o’rtasida voleybol bo’yicha “Rektor kubogi” uchun baxslar o’tkazilgan edi. Bugun, 9-fevral kuni “Rektor kubogi” sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

 

image image 

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar tashabbusi bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud kuni munosabati bilan 2-talabalar turar joyining ma’naviyat xonasida “Navoiy hayoti va asarlarida axloq masalasi” mavzusida badiiy tadbir tashkil eti

 

image image 

9- fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Pedagogika fakultetida „Navoiyxonlik” kechasi o’tkazildi.

 

Андижонда «Водий ёшлари Форуми» ўтказилди

10-fevral kuni Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani Dilshodbek Rustamov, dekan o'rinbosarlari bilan birgalikda fakultetning ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar.

 

image image

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universiteti maktabgacha taʼlim fakultetida 103-guruh talabari ishtirokida ikki buyuk siymo Hazrat Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab, shuningdek, 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida “Mangu barhayot siymolar” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

 

image image

Shu kunlarda yurtimizda shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi nishonlanmoqda. Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataluvchi Andijon davlat universitetida "Bobur - avlodlar ardog'ida" mavzusida tadbir o’tkazildi.

 

image image

Kuni kecha Z.M.Bobur va Alisher Navoiy tavalludlari munosabati bilan Fizika-matematika fakulteti tomonidan 2-TTJda g’azalxonlik kechasi o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani va fakultetning faol yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirda talabalar sahna ko'rinishlari, g’azal va raqslar ijro etdilar

 

image

Talaba yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lishlari, sportni keng tatbiq etish hamda yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida mavjud barcha talabalar turar joyida yashovchi talaba yoshlar bilan har kuni tongda tongi badantarbiya mashg’ulotlarini olib borish yo’lga qo’yildi.

 

image

Andijon davlat universitetida talabalar salomatligini mustahkamlash va ularni barkamol bo'lib voyaga yetishiga ko'maklashish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida universitetga qarashli barcha (1-6 sonli) TTJlarda tongi badantarbiya mashg'ulotlari olib borilmoqda. O'tkazilayotgan tongi mashqlarni bir tartibda va me'yorida olib borilishini nazorat qilish hamda kerakli tavsiyalarni berish uchun jismoniy madaniyat fakultetining tajribali ustozlari jalb etildi.

 

image

 

image

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani tashabbusi bilan talabalar orasida kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida ADU Axborot resurs markazida “Kitob – ilm kaliti” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Chet tillari fakultetida Z.M. Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Bobur g’azallari, ruboiylar, sahna ko’rinishlari, milliy raqs va qo’shiqlar kuylandi. Shuningdek, Bobur hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar o’tka

 

image image 

“QISHKI MAKTAB” TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI 

Bugun, 16-fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tanlov g‘oliblarini va ishtirokchilarini sertifikat va turli xil sovg‘alar bilan taqdirladilar.

 

image 

YOSHLAR TASHABBUSI BILAN HAYRIYA AKSIYALARI O'TKAZILDI

Joriy yilning, 15-fevral kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetining talabalari yana bir savobli ishga qo'l urdi. Ular birgalikda "Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radialogiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali"ga tashrif buyurdilar.

 

image 

YOSH IJODKORLAR BILAN ADABIY KECHA TASHKIL ETILDI 

Bugun 24-fevral kuni Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida "Goʻzal yozgʻichlar" adabiy toʻgaragi hamda filologiya fakulteti talabasi Firdavs Shokirov tashabbusi bilan adabiy kecha tashkil etildi.

image 

“ONLAYN QIZLAR VIKTORINASI” G’OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI 

Xabaringiz bor, talaba-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini aniqlash, ularni rag’batlantirish hamda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan “Onlayn qizlar viktorinasi” o’tkazilgan edi.

 

image 

Joriy yilning 24-mart kuni universitetimizda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada universitet fakultetlaridan jami 6 ta jamoa kuch sinashdi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona ruhda tashkil etilib, murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni va rektor kubogini Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Fizika-matematika fakulteti jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Xorijiy tillar fakulteti jamoasiga nasib etdi.

 

image 

Universitetimizning 15 nafar sportchi talabalari kurash bo'yicha "Vazir kubogi"ning xududiy bosqichi g'olibiga aylanib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun 30-mart kuni ushbu sportchilarimiz "Vazir kubogi"ning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga jo'nab ketdilar.

 

image 

Bugun, 2-aprel kuni Andijon davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, urf-odatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida milliy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida milliy liboslar namoyishi tashkil etildi.

 

2021-yil ADUdan tashqarida oʻtkazgan tadbirlar 

image

"Andijon yoshlarni birlashtiradi" shiori ostida o'tkazilayotgan tadbirlarning "Yosh dasturchi" yo'nalishi bo'yicha Andijon davlat universiteti jamoasi g'olib deb topildi.

 

image

Xabaringiz bor viloyatimizdagi yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tumanlarda yoshlar bilan uchrashmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Oltinko'l tumanida o'tkazildi. Unda universitetimizning “Nihol” talaba-yoshlar badiiy jamoasi ham ishtirok etib, tuman yoshlari uchun konsert dasturini namoyish etdilar. Ajoyib ijro va iste'dodlari uchun viloyat hokimi Sh.

Abdurahmonov jamoaga yuksak parvozlar tiladi.

 

image 

UNIVERSITETIMIZ TALABALARI “BOBURSHUNOS TADQIQOTCHILAR” TANLOVI G'OLIBI BO'LDI

Bugun 17-fevral kuni viloyat kasaba uyushmalari zalida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo'limi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan “Boburshunos tadqiqotchilar” tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. 

image

UNIVERSITETIMIZ JAMOASI "ZAKOVAT"DA G'OLIB BO'LDI 

Joriy yilning 15-fevral kuni viloyat Yoshlar Markazida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Andijon yoshlarni birlashtiradi!” shiori ostida talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.

 

image

Joriy yilning 13-fevral kuni ham akademik Sirojiddin Zaynobiddinov nomidagi fizika fani yoʻnalishi boʻyicha viloyat fan olimpiadasi oʻtkazildi. Uch yosh toifasiga koʻra oʻzaro bellashgan viloyatimiz yosh fiziklari olimpiada yakunlarida boshqarma hamda olimpiada tashkilotchilari tomonidan esdalik sovgʻalari va belgilangan miqdordagi pul mablagʻlarini qoʻlga kiritdilar.

 

image image

Bu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Andijon shahrida joylashgan Bobur maydonida sana munosabati bilan viloyat tadbiri oʻtkazildi.

 

image

“Andijon yoshlarni birlashtiradi” shiori ostida o’tkazilayotgan Andijon yoshlar festivali doirasida “Yangraganda Andijon polkasi” raqslar musobaqasi o’tkazildi. Unda universitetimiz jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Tanlov natijalari 13-fevral kuni e’lon qilinadi.

 

image 

Bugun, 12-fevral kuni viloyat Yoshlar markazida “Andijon yoshlarni birlashtiradi” shiori ostida o’tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida “Quvnoqlar va Zukkolar” tanlovi o’tkazildi. Unda universitetimizning “Universal” jamoasi ham faol ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi. Kiritilgan g’alaba bilan universitetimizni quvnoq va zukko talabalarini tabriklaymiz.

 

image image 

Joriy yilning 19-mart kuni Ekin-tikin MFYda 22-mart "Mahalla tizimi xodimlari kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. 

Ushbu tadbirda Andijon davlat universitetining Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi oʻqituvchilari M.Nosirova, F.Nurmetova hamda madaniyat va san'at muassasalarini boshqarish, Ijtimoiy madaniy faoliyat yo'nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.

 

image image 

Joriy yilning 20-mart kuni "Navroʻz" umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon davlat universitetining faol talaba-yoshlari tomonidan 34241-sonli harbiy qismning maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

image image 

Bugun, 31-mart kuni Izboskan tumani Xalq ta’lim bo‘limga qarashli 32- umumiy o‘rta ta’lim maktabida Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari To‘ychiyeva Dilfuza, G‘ulomov G‘ofurjon va Nizomоva Basharotxonlar ishtirokida “Maktab, oila va oliy ta‘lim hamkorligida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

 

image image 

AKADEMIK NO'MONJON SATIMOV XOTIRASIGA BAG'ISHLAB FAN OLIMPIADASI O'TKAZILDI

Joriy yilning, 28-mart kuni O'zbekiston matematiklari jamiyati hamda Andijon viloyat XTB tashabbuslari bilan atoqli olim, differensial o'yinlar nazariyasi bo'yicha O'zbekiston maktabi asoschisi, akademik No'monYunusovich Satimov xotirasiga bag'ishlab, Baliqchi tuman 1-umumta'lim maktabida Andijonviloyatining 80 dan ziyod matematika fani o'qituvchilari o'rtasida fan olimpiadasi o'tkazildi.

 

image image 

Joriy yilning 7-aprel kuni Andijon viloyati Oltinko'l tumani 45-ixtisoslashtirilgan maktab internatida namunali ochiq darslar tashkil etildi. Bunda Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi o'qituvchisi B. Nizomova hamda biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari qatnashib, maktab bitiruvchilariga OTMlarga o‘qishga kirish imtihonlari va Andijon davlat universitetida bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud yo’nalishlar haqida ma'lumotlar berishdi.

 

image

Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev Andijon davlat universiteti huzuridagi Izboskan agrosanoat texnikumi faoliyatini kompleks o‘rganish maqsadida ushbu texnikumga bordi.

image image image image image

Айни вақтда Тошкент давлат транспорт университетида олий таълим муассасалари талабалари ўртасида кураш спорт тури бўйича “Олий ва ўрта махсус таълим вазири кубоги” спорт мусобақалари республика финал босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтмоқда.

 

image image

KURASH BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQALARI YAKUNIGA YETDI 

Avval xabar berganimizdek 31-mart – 2-aprel kunlari Toshkent davlat transport universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. Bugun, 2-aprel kuni musobaqa g'oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

 

image image 

12 NAFAR SPORTCHIMIZ KURASH BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI BO‘LDI

 

image image 

Bugun, 4-aprel kuni ichki turizmni yanada rivojlantirish, yoshlarni mamlakatimizning turizm maskanlari bilan tanishtirish hamda tarixiy me’moriy obidalarimizni tadqiq etish maqsadida Andijon davlat unversiteti Tarix fakultetining iqtidorli talabalari Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Dilshodbek Komilov boshchiligida

Qo‘qon shahridagi tarixiy obidalarga xususan, Xudoyorxon o‘rdasiga tashrif buyurdilar.

 

image 

Bugun, 5-aprel kuni Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetida “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirish maqsadida fakultet doktorantlari bilan “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

image 

Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari fakultet talabalarining pedagogik amaliyot jarayonlarini o‘rganish va kerakli tavsiyalarni berish maqsadida Andijon shahrida joylashgan “Bilimdonlar akademiyasi” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdilar.

 

image image 

Bugun, 7-aprel kuni Andijon viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida “Bizning teatr” deb nomlangan amaliy suhbat ushrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon davlat universitetining Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi F.Nurmetova va Tarix fakultetining madaniyat va san’at muassalarini boshqarish hamda ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.

 

image image 

UNIVERSITETIMIZ KURASHCHILARI “VAZIR KUBOGI” MUSOBAQALARINI MUVAFFAQIYAT BILAN BOSHLADI 

Kecha xabar berganimizdek, (https://t.me/asu_uz/10777?single) sportchi talabalarimiz kurash bo‘yicha “Vazir kubogi”ning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga jo‘nab ketgan edi. 

“Vazir kubogi”ning final bosqichida bugun ayollar va erkaklar o'rtasida baxslar bo’lib o’tdi. Quvonarlisi o’tkazilgan ushbu baxslarda ayollar o'rtasida 48 kg vazn toifasida Ikromova Kohinur va 57 kg vazn toifasida Ma’mirjonova Zuhra, erkaklar o'rtasida Abdulazizov Abdulaziz 81 kg vazn toifasida raqiblarini yengib, oltin medal sohibi bo'lgan bo’lsa, 60 kg vazn toifasida Usmonov Oybek kumush, 73 kg vazn toifasida Nabiyev Furqatbek bronza medali sohibiga aylandi.

 

image 

Bugun 5-fevral 2021-yil sanasida Andijon davlat universiteti Chet tillar fakultetining "Yoshlar ittifoqi" jamoasi yana bir savobli ishga qòl urdi. Ular birgalikda "Bolalar uyi"ga tashrif buyurdilar. 

 
 

image image 

image 

Андижон шаҳрида 14-январь - Ватан ҳимоячилари куни ҳамда миллий армиямиз ташкил этилганининг 29 йиллиги муносабати билан ўтказилаётган ҳарбий парадда Андижон давлат университети жамоаси фаол иштирок этмоқда.

 

image image 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI O'QITUVCHISI XALQARO TANLOV G'OLIBI

 

image image 

Ayni damda "Navroʻz" umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon-Xonobod temiryoʻl qatnovining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Universitetimiz professor-oʻqituvchilari ushbu temiryoʻl qatnovining ilk yoʻlovchilari sifatida Andijon vokzalidan Xonobod shahri sari yoʻl oldilar.

 

image image 

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari Andijon shahrida ekskursiya olib bordilar.

 

image 

image 

Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyidagi sport zalida sportning belbog'li kurash turi bo'yicha "Universiada" sport musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi.

 

image  

Kuni kecha Fizika-matematika fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan òrinbosari va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi tashabbusi bilan "Karantindan Dekan kubogigacha" shiori ostida futbol musoboqasi o'tkazildi

 

image image 

2-fevral kuni Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti talabalari Zahiriddin Muhammad Bobur nomli drama teatriga tashrif buyurdilar. Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Nurmatov boshchiligida talabalar "Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi" nomli spektaklni tomosha qildilar

 

image image 

AKADEMIK SOTIBOLDI RAXIMOVICH RAHIMOV XOTIRASIGA BAGʻISHLAB FAN OLIMPIADASI O’TKAZILDI

 

Bugun, 20-fevral kuni Asaka tumani Fayzobod qishlogʻida joylashgan, tuman XTBga qarashli 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabida filologiya fanlari doktori, professor, “Antik dunyo” akademiyasi akademigi Sotiboldi Raximovich Rahimov xotirasiga bagʻishlangan viloyat o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasi oʻtkazildi.

 

2021-yil ADUga tashqaridan kelib tadbir oʻtkazganlar 

image image 

XALQARO HAMKORLIK DASTURLARI KENGAYMOQDA 

Joriy yilning 26-27 fevral kunlari Andijon davlat universitetiga qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha tayyorlanayotgan kadrlarning oʻquv jarayoni va oʻzlashtirish koʻrsatgichlari bilan yaqindan tanishish hamda hamkorlikda yangi ta'lim yo'nalishlarini ochish bo'yicha kelishib olish maqsadida Polotsk davlat universitetining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Golubev Yuriy Petrovich va Texnologik taʼlim kafedrasi mudirasi Dovgyalo Natalya Viktorovna tashrif buyurdilar.

 

image image  

Bugun, 16-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich va Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurov O‘tkir Ilxamovich Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 

image image 

Bugun universitetimizga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Andijon davlat universitetining faollar zalida yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan suhbatlashdi.

 

image image  

UNIVERSITETIMIZDA OAK RAISI YUSUPOV AHMADBEK TADJIYEVICH ISHTIROKIDA UCHRASHUV O’TKAZILIDI

 

image image  

“SUD VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI 

Joriy yilning 22-fevral kuni Andijon davlat universitetning 2-sonli Talabalar turar joyida joylashgan ma’naviyat va marifat zalida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida ma’lumot berish maqsadida “Sud va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

 

image image

 UNIVERSITETNI ATTESTATSIYA VA AKKREDITATSIYADAN O‘TKAZISH JARAYONI BOSHLANDI

Bugun, 22-fevral kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, komissiya raisi Ro‘zmetov Rahmatjon Ibodullayevich boshchiligida 21 nafar a’zolaridan iborat komissiya universitetimizga tashrif buyurdi.

 

image image 

XALQARO HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI. Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti va Tomsk davlat universiteti bilan 2020-2021 oʻquv yilida “Biznes boshqarish”, “Biologiya” va “Arxivshunoslik” (bakalavr) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2+2 qoʻshma dasturlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan edi. Bugun, 23-fevral kuni jahon standartlariga javob beradigan kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetiga Tomsk davlat universitetining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Sergey Mironovich Yung tashrif buyurdi.

 

image image 

HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Bugun, 28-yanvar kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish maqsadida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik M.S. Nishanov, universitet profilaktika inspektori M.Xasanov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.SH.Hamraqulov, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va 40 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar.

 

image image 

Respublikamiz boʻylab davom etayotgan “Nafosat -2021” respublika festivalining keyingi manzili Andijon viloyati boʻldi. Festival doirasida 4-fevral kuni Andijon davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi.

 

image image 

Vazir o‘rinbosari Yusuf Absoatov hamda vazirlik Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Mirzohid Botirov viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

image image  

ANDIJON VILOYATIDAGI TA'LIM MUASSASALARI FAOLIYATI TANQIDIY-TAHLILIY O'RGANILDI 

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyatini o’rganish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig’i Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Andijon viloyatiga keldi.

 

image image 

UNIVERSITETIMIZDA SIYOSIY PARTIYALAR, MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI VA OAV

VAKILLARI UCHUN O’QUV KURSLARI O’TKAZILMOQDA Joriy yilning, 1-mart kuni universitetimiz Axborot resurs markazida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligi, siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalari hamda saylov jarayonlarini yoritishning oʻziga xos xususiyatlarini zamonaviy pedagogik va interfaol usullardan foydalangan holda yetkazish maqsadida siyosiy partiyalar va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun o’quv kurslari faoliyat boshladi.

 

image image 

Bugun, 2-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev raisligida 1-mart kungi Bosh vazir o‘rinbosari B.Musaev boshchiligida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash va bu bo’yicha universitetda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan muhokama yig’ilishi o’tkazildi.

 

image image 

Bugun, 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish hamda Intellektual mulk muxofazasi va himoyasi” mavzusida seminar o’tkazildi.

 

image  

Талабаларни ижтимоий тармоқдаги #ТАЛАБАЛАРНИ_КИМ_ЭШИТАДИ? номли танқидий мақола юзасидан ўрганиш учун Kun.uz интернет нашри мухбирлари Андижон давлат университетига ташриф буюришди.

 

image image 

“INNOVATSION MENEJMENT” BO‘YICHA O‘QUV TRENING KURSLARI O‘TKAZILDI 

Bugun 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Andijon viloyati hokimligi va Andijon davlat universiteti hamkorligida xududlardagi Oliy ta’lim muassasalari hamda davlat boshqaruvi soxasida kadrlarning innovatsiya, fan va texnologiyalar soxasiga oid bilim va malakasini oshirishga bag‘ishlangan “Innovatsion menejment” o‘quv trening kursi o‘tkazildi.

 

image image 

Вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов бир гуруҳ талабалар мурожаатларини тинглаш мақсадида Андижон давлат университетига қарашли талабалар турар жойида бўлиб, уларга яратилган шарт- шароитлар билан атрофлича танишди. Ёшлар билан мулоқот ўтказиб, уларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил қилиш, китобхонлик, маданият ва санъат билан шуғулланишлари учун қулай шароитлар яратиш мақсадида талаб ва таклифларини эшитди. Вилояти ҳокими бу борада амалга оширилиши режалаштирилаётган ишлар хусусида сўз юритиб, ўз фикр-мулоҳазаларини билдирди.

 

image image 

O‘zbekiston “TABOBAT” Akademiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori I.R.Asqarov va O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi haqiqiy a’zosi, kimyo fanlari doktori, Latviya Organik sintez instituti professori R.Nuriddinov, Kanadaning Toronto Universiteti professori F.Polyak, hamda Latviya Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik I.Kalvinshlar bilan hamkorlikda o‘simlik moddalari asosida dunyoda birinchi marta virusli kasalliklarni oldini oluvchi “AC-CURCUMIN”, “ANTICOVIR”, “ANTIVIR 101”, “ACKAROVIR” va “NONI ANTIVIR” yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ixtiro qildilar.

 

image image 

UNIVERSITETDA TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI 

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida talaba yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, ularni turli yod g’oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

 

image 

image 

“ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO‘LMAGAY” MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI 

31-mart kuni Andijon davlat universitetining ma’ruzalar zalida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati bo‘limi, "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda Andijon viloyati IIB Terrorizm va eksterimizmga qarshi kurashish boshqarmasi mafkuraviy targ‘ibot guruhi bilan hamkorlikda “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

 

image image

CHUVASH DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA

 

image image 

2021-yil 7-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Ufa davlat neft texnika universitetining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Chanishev Nail Tagirovich ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, talabalarni akademik almashinuvini tashkil etish hamda ilmiy hamkorlik qilish maqsadida tashrif buyurdi.

 

image image 

HAR BIR NURONIY - BESH NAFAR YOSHGA MURABBIY Joriy yilning 7-aprel kuni universitetimiz katta majlislar zalida "Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy" shiori ostida seminar-trening o'tkazildi


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.