Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TARGʻIBOT TADBIRI O'TKAZILDI
2022-08-25    1113

Joriy yilning 24-avgust kuni Andijon davlat universitetining yangi 2022/2023-oʻquv yiliga tayyorgaligini  oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi inspektori mayor B. Xoʻjamov boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurdi.

Ishchi guruh bilan birgalikda universitetning birinchi prorektori A. Hamraqulov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor U. Nazarovlar oliygohimizdagi o‘quv binolar, laboratoriya xonalari va talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi  ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida ishchi guruh universitet hududi bilan tanishdi, talabalarning yashash sharoitlarini o'rgandi. Hududda mavjud kuzatuv kameralarining holati baholandi.

Bundan tashqari, ishchi guruh universitetda yangi tashkil qilingan profilaktika katta inspektorining xizmat xonasi bilan ham tanishdi.

Tadbir soʻnggida mayor B.Xoʻjamov talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻz tavsiya va maslahatlarini berib oʻtdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.